UMA ga xush kelibsiz !

Xalqaro Moda O’zbek urg’usi bilan!

Biz haqimizda

Xalqaro Moda O’zbek urg’usi bilan!

Umida Azizova brendga zamonaviy moda va qadriyatlar uyg’unligini aks ettirgan holda ayollarning har kunlik kiyim garderobidan joy olish va ularga qulaylik yaratish niyatida asos solgan. UMA brendi 2023 yilda tashkil topgan bo’lib, u sanskrit tilidan tarjima qilinganda “buyuklik va shon-sharaf” degan ma’nolarni anglatadi. Va biz brendimizni kelajakda aynan shunday ruhda ko’rishni istaymiz.

UMA brendi san’at va dizaynni mujassam etib, O’zbekistonning boy madaniy merosidan ilhomlanib, zamonaviy moda chegaralarini kengaytirishga bel bog’lagan. Biz dizayn imkoniyatlarini kashf etish, ayollarning qadriyatlarini ifodalash va ijtimoiy muammolarga moda kolleksiyasi orqali yechim topish yo’lidamiz. Sizning dunyoingizni qadriyatlar ila uyg’unlashgan mahsulotlarimiz bilan yuksaklarga ko’tarish bizning asosiy maqsadimiz. UMA bilan siz abadiy an’analar va zamonaviy uslub uyg’unligini kashf etasiz.

 UMA – Har bir kolleksiyada hikoya, har bir dizaynda o’tmish va qadriyatlar uyg’unligi va hozir o’rtasidagi dialog!